2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda profilaktika ishlari olib borilmoqda
  • 05.12.2025
  • 21

"Toshkent magistral elektr tarmoqlari" filiali mutaxassislari tomonidan yuqori kuchlanishli podstansiyalarda profilaktika ishlari olib borilmoqda. Misol uchun:

⚙️ Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Bo‘ka tumanida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli “Qora qoʻyli” podstansiyasida texnik profilaktika ishlari amalga oshirildi. Ta’mirlash jarayonida 2124-sonli topshiriqnomaga asosan 35 kVli ochiq taqsimlash qurilmasida RL-35 kV da joriy taʼmirlash ishlar bajarildi.

⚙️ Taqsimlovchi armoqlarga elektr energiyasini barqaror yetkazish maqsadida Zangiota tumanida joylashgan 35/6 kV  kuchlanishli "Yong‘oq" podstansiyasida 4 000 kVA quvvatli T-1 trasformatorda 553-sonli topshiriqnomaga asosan estetik holatni yaxshilash ishlari olib borildi. 

⚡️ Xususan, podstansiyadagi asosiy uskunalar boʻyoqlanib, ularning tashqi ko‘rinishi yangilandi. Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlari iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror bo‘lishini ta’minlashga, shuningdek, kuz-qish mavsumida elektr ta’minotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan uzilishlar sonini kamaytirishga xizmat qiladi. 

⇒  Ishlar elektr xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilingan holda amalga oshirildi. 

‖ Facebook ‖ Инстаграм ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

kanaliga a’zo bo’ling! http://t.me/ToshkentMET_Axborot