2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Тoshkent viloyatida qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda
  • 05.12.2025
  • 17

Oʻzenergoinspeksiya boshlig‘i D. Isaqulov va Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligida ishchi guruh Тoshkent viloyatida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, energiya resurslarini iqtisod qilish, ularni talon-toroj qilish holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 
 
Xususan, Zangiota tumanida qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish ishlari, transformator va gaz taqsimlash punktlari o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 
 
Shuningdek, Chinoz tumanida ishchi guruhi tomonidan ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimi va tabiiy gaz qurilmalarining texnik holati ko‘zdan kechirildi. 
 
Bu boradagi o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

 

Manba: https://t.me/Energoinspeksiya/9114

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati