2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
  • 05.12.2025
  • 28

✍️ Konstitutsiya — inson qadri, erkinlik, tenglik va adolat garovi!

Bugun, 2025-yil 5-dekabr kuni soat 15:00 da “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ ning kichik majlislar zalida Bosh qomusimiz qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil qilindi. 

Tadbirda Konstitutsiya tinch, farovon hayotimizning mustahkam huquqiy asosi ekanligi va ushbu Bosh Qonun davlat va jamiyat hayotining barcha jabhalarida inson shaʼni, qadr-qimmati va huquqlarini oliy qadriyat darajasiga koʻtarganligi xususida, qolaversa har qanday sohada yuksak marralarni qo‘lga kiritish haqiqiy vatanparvarlik kayfiyati bilan uzviy ekanligi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

 

 

✅ Davra suhbati shaklida o‘tkazilgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir Davlat madhiyasi sadolari ostida boshlandi. Unda o‘zlarining ijodiy va ilmiy salohiyati bilan yurtimizning ma’naviy yuksalishiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan ijodkorlar  — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (2000), “Doʻstlik” ordeni (2001) sohibasi, mohir jurnalist va taniqli shoiramiz Zulfiya Mo‘minova hamda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi DSc doktoranti, shuningdek, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, ham olima, ham shoira Sitorabonu Shomurodovalar ishtirok etishdi.

Eslatib o‘tamiz, tadbirni tashkil etishdan koʻzlangan asosiy maqsad ham Aksiyadorlik jamiyat xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish bilan birga, ularga Konstitutsiyada mustahkamlab qoʻyilgan huquqlar va majburiyatlarni chuqur tushuntirishga qaratilgan.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati