

Bugun, 8-dekabr soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistondagi quyosh va shamol elektr stansiyalari tomonidan 2025-yilda ishlab chiqarilgan elektr energiyasi hajmi 10 mlrd kVt·soatga yetdi.
Bugungi kunda yurtimizda umumiy quvvati 5 582 megavatt bo‘lgan quyosh va shamol elektr stansiyalari ishlab turibdi.
“Yashil” energiya hisobidan:
➖2,7 mlrd kub metr tabiiy gaz tejaldi;
➖ Atmosferaga chiqishi mumkin bo‘lgan 4,4 mln tonna zararli moddalar oldi olindi.
⚠️ Yana bir muhim ko‘rsatkich, joriy yil boshidan 8-dekabr soat 17:00 holatigacha O‘zbekistondagi barcha gidroelektr, quyosh va shamol stansiyalari 16 mlrd kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqardi.
Maʼlumot uchun: mazkur hajmdagi elektr energiyasi 6,6 mln xonadonning bir yillik isteʼmolini tashkil qiladi.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/18501
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati