2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: 220 kV kuchlanishli “L-S-X-1” elektr uzatish tarmog‘ida texnik profilaktika ishlari olib borildi
  • 11.12.2025
  • 31

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari Xorazm viloyatida iste’molchilarini ta’minlovchi taqsimlovchi tarmoqlarni barqaror elektr energiyasining bilan ta’minlash maqsadida 220 kV kuchlanishli, texnik-muhandislik nomi “L-S-X-1”  bo‘lgan liniyada texnik-profilaktik tadbir — shikastlangan izolyatorlarni yangisiga almashtirish ishlarini olib borishdi.

⚙️ Eslatib o‘tamiz, mazkur elektr uzatish tarmog‘ining bir qismi Turkmaniston Respublikasi hududidan o‘tadi. 

Mutaxassislarimiz tomonidan:

► shikastlangan izolyatorlar olib tashlanib, yangilari o‘rnatildi;
► armatura va o‘tkazgichlar ko‘zdan kechirilib mustahkamlandi;
► avariya xavfini kamaytirish maqsadida profilaktik ishlar amalga oshirildi.

⇒ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan profilaktika tadbirlari reja asosida davom ettirilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/XorazmMET_Axborot