

#hamkorlik
Joriy yil 10-dekabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Energetika vazirlarining navbatdagi — V yig‘ilishi o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston, Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Ozarbayjon Respublikalari Energetika vazirlari, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi hamda Vengriya va Shimoliy Kipr Tashqi ishlar vazirlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdi.
Uchrashuvda do‘st va qardosh turkiy davlatlar rahbarlarining tashabbuslari bilan barcha sohalar qatori yoqilg‘i-energetika tarmog‘i rivoji yo‘lida ham hamkorlik aloqalari yangi bosqichga chiqayotgani alohida ta’kidlandi.
Yig‘ilishda energetika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, mintaqa energetika xavfsizligini ta’minlash va barqaror energiya manbalarini joriy etishdagi ustuvor yo‘nalishlar, xususan, “yashil” energetika loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, tarmoqlar integratsiyasi hamda yangi investitsiya loyihalarini joriy etish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar Turkiy davlatlar tashkiloti Energetika vazirlarining navbatdagi — VI yig‘ilishini 2026-yilda O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishib oldilar.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/18525
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati