2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida amaliy mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda
  • 12.12.2025
  • 35

Avvalroq ma’lum qilganimizdek, 2025-yil 1-dekabrdan 30-dekabrgacha barcha magistral elektr tarmoqlari filiallarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Belgilangan reja-tadbirlar doirasida 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulotda Namangan viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining Davlatobod “Yong‘in qutqaruv” qismi, shuningdek Tez tibbiy yordam markazi Namangan viloyat filiali mutaxassislari faol ishtirok etdi.

✅ Amaliy mashg‘ulot 220/110/10 kV kuchlanishli “Sardor” podstansiyasida mavjud “200 MVA quvvatli AT-2  avtotransformatorining kiruvchi-110 kV “B” fazasida yuzaga kelgan nosozlik sababli yong‘in kelib chiqdi” shartli nom ostida o‘tkazildi.

 

 

Tadbir davomida:

   ♦   yong‘in sodir bo‘lgan holatdagi dastlabki harakatlar;

   ♦   qutqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;

   ♦   yong‘inni o‘chirish texnikalaridan foydalanish;

   ♦   jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.

Mazkur tadbirda xodimlarning yong‘in qidiruv-qutqaruv maxsus tarkibini texnologik jarayonda ishga qo‘yish ko‘nikmalarini mustaxkamlandi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!

https://t.me/NamanganMET_Axborot