

Yaponiyaning Panasonik kompaniyasi quyosh panellari (PV) orqali ishlaydigan vodorod energiya platformasini Munxen shahridagi ofis binosida sinovdan o‘tkazishni boshladi. Bu platforma "Panasonic HX" deb nomlanadi va u toza vodorod + sun’iy intellektli energiya boshqaruvi orqali barqaror energiya ta’minotini maqsad qilgan.
Odatiy quyosh energiyasi bilan ishlaydigan tizimlarda batareya energiya saqlash uchun zarur bo‘ladi. Lekin Germaniyadagi loyihada Sun'iy intellekt – AI asosida real vaqt rejimida energiya boshqaradigan EMS (Energy Management System) tufayli batareyalar o‘rnatilmayapti — bu loyiha xarajat va joyni tejaydi.
⚡️ Platforma qanday ishlaydi?
♦ U 190 kW quvvatli tom qoplama quyosh panellari bilan jihozlangan;
♦ Uchta 10 kW PH3 vodorod yoqilg‘i moduli tizimga ulangan;
♦ EMS tizimi quyosh energiyasi va binoning elektr energiya sarfi o‘rtasidagi o‘zgarishlarni real vaqt rejimida boshqaradi.
Loyihaning ahamiyati:
Bu ofis binosida to‘liq qayta tiklanadigan energiya yechimi sinovdan o‘tkazilayotgan birinchi loyiha bo‘lib, unda vodorod uzoq muddatli energiya saqlash vositasi sifatida qo‘llanmoqda.
⚡️ Ushbu loyiha O‘zbekistonda qo'llanilishi mumkinmi?
Albatta, ha. Chunki, deyarli barcha ma'muriy binolar, yirik biznes markazlari va boshqa tijoriy offislarlarda quyosh panellari o‘rnatish ishlari amalga oshirilib, 2025-yil 1-dekabr holatiga mamlakat bo'ylab jami 1971 MW (deyarli 2 GW) quvvatli quyosh panellari ("roof-top") o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, Chirchiq shahridagi ammiak ishlab chiqaruvchi zavod bazasida Saudiya Arabistonining ACWA POWER kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan loyihada yiliga 3 000 tonna yashil vodorod ishlab chiqarish rejalashtirilgan. U asosan quyosh va shamol energiyasidan olinadigan toza elektr bilan suv elektrolizi orqali vodorod yaratadi. Bu vodorod keyinchalik mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Yashil vodorod deganda quyosh/panellar va shamol generatorlari energiyasidan foydalangan holda CO₂ chiqindisiz (ya’ni atrof-muhitga zarar keltirmay) vodorod ishlab chiqarish tushuniladi — bu “kulrang” vodoroddan farqli ravishda ekologik toza hisoblanadi.
Tajriba sifatida kichik hajmda, ya’ni elektr energiyasi yuklamasi yuqori bo'lmagan binolarda ushbu loyihani qo'llab quvvatlash mumkin.
Internet ma'lumotlaridan foydalanib tayyorlandi.
✍️ Ravshanjon Yoqubjonov, Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi
✔️ Kanalga obuna bo‘lish uchun: ⇒ https://t.me/+Pz1qHR0W8mYzNmZi
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati