2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
110 kV kuchlanishli “Ko‘kdala” podstansiyasida yong‘in sodir bo‘lgan. Ayni paytda nosozlik oqibatlari bartaraf etilmoqda
  • 13.12.2025
  • 34

Bugun, 2025-yil 13- dekabr kuni soat 15:35 «Qashqadaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 110 kV kuchlanishli “Ko‘kdala” podstansiyasida tarmoqda yuzaga kelgan qisqa tutashuv sababli yong‘in sodir bo‘lgan. 

⚡️ Natijada Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanining ayrim isteʼmolchilarning elektr taʼminotidan uzilishlar kuzatilmoqda. 

⚙️ Ayni paytda o‘t o‘chirish brigadalari tomonidan yong‘in bartaraf etilib, masʼul xodimlar va navbatchi brigadalar tomonidan yong‘in oqibatida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda, tez orada tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarga kuchlanish beriladi.

Yuzaga kelgan holat uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati