
Bugun, 2025-yil 13-dekabr kuni soat 20:32 da Samarqand viloyatidagi 110 kV kuchlanishli L-Xatirchi elektr uzatish tarmog‘i avariyaviy holatda o‘chgan edi.
Buning oqibatda Kattaqo‘rg‘on va Narpay tumanining ayrim hududidagi isteʼmolchilar (5 ming ta) hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilishlar sodir bo‘ldi.
⚙️ Ayni paytda tezkor brigadalar o‘chish sababini aniqlash maqsadida liniyani nazorat ko‘rigidan o‘tkazishmoqda. Isteʼmolchilarga boshqa tarmoqlar orqali kuchlanish berish choralari ham ko‘rilmoqda.
⚡️ Yuzaga kelgan holat uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati