2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
O‘ZENERGOINSPEKSIYA: Respublika ishchi guruhi tomonidan Toshkent shahridagi energetika obyektlarida o‘rganishlar olib borilmoqda
  • 14.12.2025
  • 28

Oʻzenergoinspeksiya boshlig‘i D. Isaqulov va Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov boshchiligida ishchi guruh tomonidan Toshkent shahrida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, energiya resurslarini iqtisod qilish, ularni talon-toroj qilish holatlarini oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. 

Xususan, Mirzo Ulug’bek, Yunusobod, Olmazor va Yashnobod tumanlaridagi podstansiyalarida qish mavsumiga ko‘rilgan tayyorgarlik hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlar o‘rganildi. Shuningdek, transformator va gaz taqsimlash punktlari ko‘zdan kechirilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. 

Shuningdek, energetika obyektlarida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarda brigadalarning ishchi holatda ekanligi ko‘zdan kechirildi.

Ishchi guruh tomonidan o‘rganishlar davom etmoqda.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati