2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Nurobod tumanida ko‘chat ekish ishlari davom etmoqda
  • 15.12.2025
  • 55

«Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filiali jamoasi Jom qishlog‘ida ko‘kalamzorlashtirishga qaratilgan amaliy ishlarni amalga oshirmoqda. Qurg‘oqchil hudud sharoitiga mos qarag‘ay, gujum va boshqa daraxt turlari ekilib, qishloq bo‘ylab yangi yashil yo‘laklar tashkil etilmoqda.

Ko‘chatlarning o‘sib ketishi mahalla infratuzilmasini yanada chiroyli ko‘rinishga keltirishi, shuningdek, aholi uchun salqin va qulay hududlar yaratishi kutilmoqda.

Mazkur ishlar «Samarqand magistral elektr tarmoqlari» filialining hududlarda ekologik muvozanatni mustahkamlashga qaratilgan doimiy faoliyatining bir qismidir.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot