2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
AVVALGI VA HOZIRGI HOLATI: 110/10 kV kuchlanishli "Oqoltin" podstansiyasi — Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani
  • 17.12.2025
  • 52

 Sirdaryo viloyati, Sayxunobod tumani

✔️ 110/10 kV kuchlanishli "Oqoltin" podstansiyasi

► AVVALGI HOLATI:

Mazkur energetika obyektida mavjud, har birining quvvati 16 000 kVA bo‘lgan T-1 hamda T-2 transformatorlarining tashqi qoplamalarida vaqt o‘tishi bilan korroziya (zang) belgilari kuzatilgan bo‘lib, ayrim elementlari eskirgan va texnik xizmat ko‘rsatishni talab qilardi. 

⚙️ Transformatorlarda yuzaga kelgan ushbu holat ularning uzoq muddatli hamda ishonchli ishlashiga ma’lum darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin edi.

►  ISH JARAYONI:

"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filial mutaxassislari tomonidan transformatorlar to‘liq ko‘zdan kechirilib, sirtidagi zang qatlamlari tozalandi va korroziyadan himoya qilish maqsadida maxsus bo‘yoq bilan bo‘yash ishlari amalga oshirildi. 

⇒ Bundan tashqari, texnik ko‘rsatkichlari tekshirib chiqildi va zarur sozlash ishlari bajarildi.

► HOZIRGI HOLATI:

Bugungi kunda podstansiyada mavjud T-1 va T-2 transformatorlari to‘liq ta’mirdan chiqarilib, yangilangan ko‘rinishda ishga tayyor holatga keltirildi.

⇒ Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazilgan edi. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️"SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI

kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/SirdaryoMET_Axborot