

Ma'lumki, 2025-yil 1-dekabrdan 30-dekabrgacha barcha magistral elektr tarmoqlari filiallarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.
⚡️ Belgilangan reja-tadbirlar doirasida 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Buxoro” podstansiyasida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.
⚡️ Ushbu mashg‘ulotda Buxoro viloyati Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining Buxoro shaрar “Yong‘in o‘chirish” hamda Buxoro shaxar "qutqaruv guruhi" qismlari mutaxassislari faol ishtirok etdi.
✅ Amaliy mashg‘ulot 220/110/35/6 kV kuchlanishli “Buxoro” podstansiyasida mavjud “200 MVA quvvatli AT-1 avtotransformatorda yong‘in kelib chiqdi” shartli nom ostida o‘tkazildi.
Tadbir davomida:
♦ yong‘in sodir bo‘lgan holatdagi dastlabki harakatlar;
♦ yong‘inni o‘chirish texnikalaridan foydalanish;
♦ L-Buxoro-220 kVli havo tarmog‘idagi shkastlangan osma izolyatorlarni almashtirish;
♦ jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.
Mazkur tadbirda xodimlarning yong‘‘in qidiruv-qutqaruv maxsus tarkibini texnologik jarayonda ishga qo‘yish ko‘nikmalarini mustahkamlandi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «BUXORO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo‘ling!