2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
500 kV kuchlanishli “Surxon” podstansiyasida yuzaga kelgan nosozlik oqibatlari bartaraf etilmoqda
  • 19.12.2025
  • 39

Bugun, 2025-yil 19-dekabr kuni soat 00:07da «Surxondaryo magistral elektr tarmoqlari» filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “Surxon” podstansiyasida mavjud 220 kV kuchlanishli AT-1 hamda AT-4 transformatorlari himoya tizimi orqali favqulodda o‘chdi. 

⚡️  Natijada Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrobot, Termiz tumanlari va Termiz shahrining bir qismidagi ayrim isteʼmolchilar elektr taʼminotida (78 MVt) uzulishlar  kuzatilmoqda.. 

⚙️ Ayni vaqtda masʼul xodimlar va navbatchi brigadalar tomonidan yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etilmoqda, tez orada tarmoqdan uzilgan isteʼmolchilarga kuchlanish beriladi.

⇒ Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati