
Intellektuallashtirish — energetika rivojlanishining kelajagi” mavzusida Xalqaro ilmiy-texnik konferensiya oʻtkazilmoqda.
Anjumanning maqsadi — elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash hamda undan oqilona foydalanish borasida mavjud masalalarni muhokama qilish, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va olingan natijalar hamda elektr energetikasi sohasi uchun kadrlar tayyorlash masalasi boʻyicha tajriba almashishdan iborat.
Anjumanning bu yilgi ishtirokchilari soni 180 nafarni tashkil etgan boʻlib, ularning 40 nafardar ortig‘i MDH davlatlari va xorijiyp mamlakatlar ishtirokchilarini qamrab oladi. Jumladan, Xitoy, Germaniya, Rossiya, Qozog‘iston, Yaponiya, Belorussiya, Janubiy Koreya davlatlaridan sohaning yetakchi olimlari ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Manba: https://t.me/minenergy_uz/18622
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati