2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
500 kV kuchlanishli “Surxon” podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilib, soat 01:58da isteʼmolchilarga kuchlanish berilgan
  • 19.12.2025
  • 9

Bugun, 2025-yil 19-dekabr kuni soat 00:07 da “magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 500 kV kuchlanishli “Surxon” podstansiyasida mavjud 220 kV kuchlanishli AT-1 hamda AT-4 transformatorlari himoya tizimi orqali favqulodda o‘chgan edi. 

 

⚡️  Natijada Surxondaryo viloyatining Angor, Jarqo‘rg‘on, Muzrobot, Termiz tumanlari va Termiz shahrining bir qismidagi ayrim isteʼmolchilar elektr taʼminotida (78 MVt) uzulishlar kuzatilgandi. 

 

⚙️ Ayrim ijtimoiy tarmoq sahifalarida mazkur energetika obyektining AT-1 transformatorida sozlash ishlari davom ettirilayotgani tufayli “24 soatdan buyon elektr yo‘q” qabilidagi xabardar tarqalmoqda. 

 

Takrorlab o‘tamiz, 500 kV kuchlanishli “Surxon” podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilib, soat 01:58da isteʼmolchilarga kuchlanish berilgan. AT-1 transformatorining yuklamasi boshqa transformatorlar zaxira quvvatiga o‘tkazib, podstansiyadan chiquvchi taqsimlovchi tarmoqlarga kuchlanish berilgan

Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ||

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati