2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Hurmatli energetiklar! Sizlarni kasb bayramingiz — Energetiklar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman
  • 22.12.2025
  • 24

Hurmatli energetiklar!

Sizlarni kasb bayramingiz — Energetiklar kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

So‘nggi yillarda yurtimiz energetika sohasida salmoqli ishlar amalga oshirildi, muhim loyihalar hayotga tatbiq etildi, ishlab chiqarish quvvatlari bosqichma-bosqich oshirib borilmoqda, infratuzilma obyektlari yangilanyapti. Bu yutuqlar sizlarning fidokorona mehnatingiz, mas’uliyat va jonkuyarligingiz samarasi ekani shubhasiz. Sizlarning mashaqqatli mehnatingiz tufayli millionlab xonadonlar yorug‘lik va issiqlik bilan ta’minlanmoqda, iqtisodiyotimiz barqaror ishlamoqda.

Shu bilan birga, sohada yechimini kutayotgan masalalar, yanada takomillashtirishni talab etadigan yo‘nalishlar ham mavjud. Oldimizda hali qilishimiz kerak bo‘lgan ishlar ko‘p. Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalarni to‘laqonli va samarali bajarish yo‘lida barchamiz bir jamoa bo‘lib, hamjihatlik va mas’uliyat bilan ish olib borishimiz zarur.

Ishonchim komilki, sizlarning bilim, tajriba va fidoyiligingiz bilan oldimizga qo‘yilgan barcha marralarga albatta yetamiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik, sabr-toqat va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilayman. Doimo el-yurt ishonchini oqlab, sharafli kasbingizga sadoqat bilan xizmat qilishingizni tilab qolaman.

Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Energetika vaziri J.Mirzamahmudov

Manba: https://t.me/minenergy_uz/18689

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati