

⚙️ Avval xabar berganimizdek, Qarshi shahrida joylashgan 35/6 kV kuchlanishli “Mittituman” podstansiyasida mavjud, quvvati 6300 kVA bo‘lgan T-2 kuch transformatori ortiqcha yuklama bilan ishlab turgan edi.
Iste’mol hajmi keskin oshgan qish mavsumiga iste’molchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida mazkur elektr qurilmasi quvvati 16000 kVA kuch transformatoriga almashtirilmoqda.
❗️ Shu tufayli ayni paytda Qarshi shahrining ayrim hududlari elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
► Tez fursatda transformatorga kuchlanish berilib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to’liq tiklanadi.
⚡️ Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
⇒ Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-iyundan boshlab, 35-110 kV kuchlanishli 1 492 ta podstansiya va 24 385,7 kilometr uzunlikdagi elektr uzatish liniyalari «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati balansiga o‘tkazilgan edi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmat
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI