

Bugun, 2025-yil 22-dekabr kuni «O‘zbekiston MET» AJning katta majlislar zalida norasmiy sana — Energetiklar kuni munosabati bilan eʼtirofga sazovor bo‘lgan hamkasblarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Marosimni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.A.Nazirov ochib berib, barcha hamkasblarni, ayni paytda o‘z xizmat vazifasida bajarayotgan elektr chilangarlari-yu navbatchi brigada aʼzolarini, dispetcherlar, avtotransport va mexanizmlar yo‘nalishidagi xodimlarni, qurilish-montaj, loyihalashtirish, maʼmuriy-boshqaruv vazifalarini ijro etayotgan hamkasblarni bugungi sana bilan tabrikladi.
Tadbiri davomida O‘zbekiston energetika, neft-gaz va geologiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorlig‘i va Tashakkurnomasi, shuningdek, «O‘zbekiston MET» AJ ning «Energetika faxriysi» unvonini tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Eʼtirof etilgan hamkasblarimizni Aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari S.S.Artikov, Boshqaruv raisi o‘rinbosari F.M.Qurbonov hamda Boshqaruvi raisining maslahatchisi X.B.Elmurodov taqdirladi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati