

✅ Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 599-sonli Qaroriga asosan 35 /6 kV kuchlanishli "Mittituman" podstansiyasida quvvat oshirilish ishlari davom ettirilmoqda
35/6 kV kuchlanishli "Mittituman" podstansiyasida quvvati 16000 kVA kuch transformatori o'rnatilib, montaj va sozlash ishlari davom ettirilmoqda.
Xavfsiz ish sharoitini yaratish uchun vaqtincha o‘chirilgan T-1 kuch transformatori ishga tushirilib, iste’molchilar to'liq elektr ta’minoti bilan ta'minlandi.
⚙️ Mazkur ta’mirlash-sozlash ishlar davomida amalga oshirilgan ishlar:
▪️ Yuklama bilan ishlagan T2 6300 kVA kuch transformator o'rniga 16000 kVA kuch transformatori almashtirildi;
▪️Estetik holatlar yaxshilandi;
▪️Transformator tagida to'shalgan moyli shag'al yangisiga almashtirildi;
▪️Kabel kannalari ta'mirlandi;
Mazkur ishlar iste’molchilarning elektr ta’minotini yanada ishonchli va barqaror qilish, kuz-qish mavsumida elektr energiyasini uzluksiz yetkazib berishni ta’minlashga xizmat qiladi.
⚡️Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz
❗️"QASHQADARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI