2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
ANDTIda energetika tizimining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan respublika ilmiy-texnik anjumani bo‘lib o‘tdi
  • 22.12.2025
  • 23

Andijon davlat texnika institutining “Elektr va energetika muhandisligi” fakultetida “O‘zbekistonda energetika tizimining dolzarb muammolari, ularning yechimlari va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.

✅ Mazkur anjuman mamlakatimiz energetika sohasida olib borilayotgan islohotlar, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni ilmiy-amaliy jihatdan bartaraf etish yo‘llarini muhokama qilishga bag‘ishlandi. Anjumanda respublikaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, soha mutaxassislari va yosh olimlar ishtirok etdilar.

✅ Anjuman doirasida hamkor tashkilotlar vakillari tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar taqdim etildi. Jumladan, O‘zbekiston Milliy Elektr Tarmoqlari AJ boshqaruv raisining matbuot masalalari bo‘yicha vakili Urunov Ulug‘bek “Elektr energiyadan oqilona foydalanish”, “Magistral elektr tarmoqlari” korxonasi bosh muhandisi o‘rinbosari Alijon Raximov “Elektr energiyasini uzatishda isroflarni kamaytirish”, shuningdek, Energetika vazirligi huzuridagi “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari” milliy ilmiy-tadqiqotlar instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Jobir Axadov  “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari” mavzularida ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar.

✅ Shuningdek, Elektr muhandisligi kafedrasi professori Bohodir Mamadjanov o‘z ma’ruzasida konferensiya mavzusining dolzarbligini, mamlakatimiz rivojida energetika sohasidagi islohotlarning o‘rni katta ekanligini ta’kidlab o‘tdi.

✅ Ma’ruzalarda energetika tizimining barqaror ishlashini ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanish, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish hamda tarmoqdagi yo‘qotishlarni kamaytirish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va mulohazalar energetika sohasini rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlandi.

✅ Anjuman yakunida energetika tizimini modernizatsiya qilish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga qaratilgan tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu respublika ilmiy-texnik anjumani energetika sohasini rivojlantirish yo‘lida muhim ilmiy platforma bo‘lib xizmat qildi.

Manba: https://t.me/andtexnika/30461

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati