2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Korrupsiyaga qarshi kurashish
“Qashqadaryo MET” filialida korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi
  • 22.12.2025
  • 55

2025-yilning 19-dekabr kuni “O‘zbekiston MET” AJ Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati tomonidan “Qashqadaryo MET” filialida Jamiyatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, xolislik va shaffoflikni taʼminlash, har bir xodimda masʼuliyat va huquqiy madaniyatni yana-da oshirish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Muvofiqlik tizimi (komplayens) xizmati boshlig‘i A.Raxmonov so‘zga chiqib, so‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib, jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotganligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashishning zamonaviy mexanizmlari keng joriy etilib, ularning faoliyatida ochiqlikni taʼminlash va jamoatchilik oldida hisobdorlikni oshirish bo‘yicha tizimli choralar ko‘rilayotganligi shu bilan birga, aholi va davlat xizmatchilarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularga “halollik vaksinasi”ni singdirish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarni oshirish tizimini zamon talablaridan kelib chiqqan holda yangi bosqichga olib chiqish zarurati yuzaga kelayotganlgi bo‘yicha tushuntirish berildi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati