

Energetika sohasi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat va ijtimoiy infratuzilmaning barqaror faoliyatini ta’minlovchi muhim tarmoqlardan biridir.
“Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori Obidov Baxtiyorjon Toxirovich hamda 18 nafar ishchi hodimlarning ko‘p yillik fidokorona mehnatlari, energetika tizimida uzoq yillar davomida sidqi dildan xizmat qilib kelgan mehnat faxriylari e’zozlanib, ularga munosib ravishda faxriy medallar topshirildi. Shuningdek, mehnat qilib kelayotgan usta va elektrochilangarlar ham e’tibordan chetda qolmadi.

⚡️ Ushbu tantana — mehnatga bo‘lgan hurmat, kasbga sadoqat va jamoaviy hamjihatlikning yorqin ifodasi bo‘ldi.
⚙️ Energetika sohasi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat va ijtimoiy infratuzilmaning barqaror faoliyatini ta’minlovchi muhim tarmoqlardan biridir. Sizlarning mas’uliyatli va mashaqqatli mehnatingiz tufayli aholi hamda ishlab chiqarish obyektlari uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
❄️☀️ Har qanday ob-havo sharoitida, kecha-yu kunduz tinmay olib borilayotgan xizmatlaringiz, yuksak kasbiy mahoratingiz va sabr-toqatingiz barchamiz uchun ibrat va faxrdir.
Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda ⚠️ xavfsiz mehnat sharoitini tilaymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
Andijon magistral elektr tarmoqlari” filiali