
"Sirdaryo magistral elektr tarmoqlari" filiali jamoasi nomidan energetika sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan barcha soha vakillarini kasb bayrami — Energetiklar kuni bilan chin dildan muborakbod etamiz.
⚙️ Energetika sohasi mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti, sanoat va ijtimoiy infratuzilmaning barqaror faoliyatini ta’minlovchi muhim tarmoqlardan biridir. Sizlarning mas’uliyatli va mashaqqatli mehnatingiz tufayli aholi hamda ishlab chiqarish obyektlari uzluksiz va ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.
❄️☀️ Har qanday ob-havo sharoitida, kecha-yu kunduz tinmay olib borilayotgan xizmatlaringiz, yuksak kasbiy mahoratingiz va sabr-toqatingiz barchamiz uchun ibrat va faxrdir.
Ushbu qutlug‘ bayram munosabati bilan sizlarga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik, ish faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar hamda ⚠️ xavfsiz mehnat sharoitini tilaymiz.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ "SIRDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI" FILIALI