

⚡️ Bugun 22-dekabr kuni filialda mehnatga, fidoyilikka va sadoqatga bag‘ishlangan katta bayram bo‘lib o‘tdi.
Energetika sohasida uzoq yillar davomida sidqidildan xizmat qilib kelgan mehnat faxriylari e’zozlanib, ularga munosib ravishda faxriy medallar topshirildi.
Shuningdek, har kuni elektr ta’minoti barqarorligi yo‘lida astoydil mehnat qilib kelayotgan muhandislar va elektromonterlar ham e’tibordan chetda qolmadi. Ularning fidoyi mehnati faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan munosib taqdirlandi.
⚡️ Ushbu tantana — mehnatga bo‘lgan hurmat, kasbga sadoqat va jamoaviy hamjihatlikning yorqin ifodasi bo‘ldi.
⚡️ Energetiklarimizga mustahkam sog‘liq, yangi yutuqlar va ulkan zafarlar tilaymiz!
Xalq farovonligi uchun og‘ir va mashaqqatli sharoitlarda ham sidqidildan xizmat qilayotgan barcha soha vakillariga
mustahkam sog‘liq, kuch-quvvat va oilaviy hotirjamlik tilaymiz.
⚡️ Yorug‘likni xalqimizga yetkazayotgan qahramonlar — sizlarga ta’zim!
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz energetiklar!
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
❗️ «SURXONDARYO MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI