2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: /35/6 kV kuchlanishli "Qamchiq" podstansiyasida texnik profilaktika ishlari bajarildi
  • 25.12.2025
  • 25

⚙️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan strategik muhim hudud hisoblangan Qamchiq dovonidagi podstansiyalarda navbatdan tashqari ko‘rik ishlari o‘tkazildi.

Misol uchun, 35/6 kV kuchlanishli "Qamchiq" podstansiyasida nazorat ko‘rigidan so‘ng aniqlamgan juz’iy kamchiliklarni bartaraf etish uchun texnik profilaktika ishlari bajarildi. 

✅ Nazorat ko‘rigi davomida amalga oshirilgan ishlar quyidagilardan iborat bo‘ldi:

⚡️ Zamonaviy texnologiyalar nazorati: Podstansiyalardagi barcha elektr qurilmalari teplovizor yordamida sinchiklab tekshirildi. Bu qurilmalardagi qizish nuqtalarini barvaqt aniqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olish imkonini beradi.

⚡️ Texnik tayyorgarlik: Avariya holatlarini tezkor bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan zaxira ehtiyot qismlarining yetarliligi ko‘zdan kechirildi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ “Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga telegram obuna bo‘ling!

https://t.me/NamanganMET_Axborot