2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI: “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida amaliy mashg‘ulotlar davom ettirilmoqda
  • 25.12.2025
  • 22

2025-yil 1-dekabrdan 30-dekabrgacha barcha magistral elektr tarmoqlari filiallarida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” tadbirlari doirasida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. Xususan, Qoraqalpog'iston MET filialida belgilangan reja-tadbirlar doirasida 220/110/10 kV kuchlanishli “Qoraqalpog'iston” podstansiyasida favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish, ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.

Ushbu mashg‘ulotda Qoraqalpog'iston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar boshqarmasining Qo‘ng‘irot tuman "Qutqaruv guruhi" qismi mutaxassislari faol ishtirok etdi.

✅ Amaliy mashg‘ulot 220/110/10 kV kuchlanishli “Qoraqalpog'iston” podstansiyasida mavjud “125 MVA quvvatli AT-1 avtotransformatorda yong‘in kelib chiqdi” shartli nom ostida o‘tkazildi.

Tadbir davomida:

     ♦   yong‘in sodir bo‘lgan holatdagi dastlabki harakatlar;

     ♦   yong‘inni o‘chirish texnikalaridan foydalanish;

     ♦   jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha amaliy mashqlar bajarildi.

Mazkur tadbirda xodimlarning yong‘in qidiruv-qutqaruv maxsus tarkibini texnologik jarayonda ishga qo‘yish ko‘nikmalarini mustaxkamlandi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati

❗️ «QORAQALPOG‘ISTON MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI kanaliga a’zo bo’ling!

http://t.me/QoraqalpogistonMET_Axborot