2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Yangi elektr tarmog‘ida ulash ishlari bajarildi
  • 26.12.2025
  • 27

“Xorazm” va “Shovot” podstansiyalarini bog‘lovchi yangi qurilayotgan elektr tarmog‘ini 35 kV kuchlanishli “Amirqum” elektr tarmog‘i bilan kesishgan qismida rejalashtirilgan texnik ishlar amalga oshirildi.

⚡️  Xavfsizlik talablariga muvofiq, mazkur jarayonda 35 kV kuchlanishli “Amirqum” elektr tarmog‘i vaqtincha tarmoqda uzilib turilgan edi.

Yangi elektr tarmog‘i simlarini o‘tkazish ishlari mutaxassislar tomonidan belgilangan tartib asosida, qisqa muddatda bajarildi.

Ushbu ishlar elektr ta’minoti barqarorligini oshirish hamda tarmoqlarni ishonchli ekspluatatsiya qilishga xizmat qiladi.

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali

http://t.me/XorazmMET_Axborot