

Joriy yilning 25-dekabr kuni “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ korxonasining boshqaruv raisining maslahatchisi U.Urunov va "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori Sh.Kamilov, universitetimiz rektorining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Ortiqov ishtirokida Farg'ona davlat texnika universiteti Energetika muhandisligi fakultetining bitiruvchi kurs talabalari hamda media jamoalari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbat davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollariga soha vakillari tomonidan batafsil javob olishdi. Shuningdek, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ “Farg‘ona magistral elektr tarmoqlari” filiali korxonasi va xodimlariga universitetga dual ta’limni muvaffaqiyatli tashkil etishdagi yordami uchun universitet rektori tashakkurnomasi va esdalik sog‘asi taqdim etildi.
Shu bilan birgalikda, kelgusida universitet va korxona orasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash masalalari kelishib olindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati