
«O‘zbekiston MET» AJ Xodimlar bilan ishlash, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash boshqarmasi (Komissiya) quyidagi bo‘sh ish o‘rniga hujjat topshirgan nomzodlarni suhbatga taklif etadi:
Lavozim:
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) loyihalarini amalga oshirish guruhi — shartnomalarni boshqarish bo‘yicha mutaxassis.
Vaqt va muddatlar:
Hujjat qabul qilishning yakuni: 2026-yil 5-yanvar, soat 12:00 gacha.
Suhbat o‘tkazilish vaqti: 2026-yil 6-yanvar, soat 15:00.
ℹ️ Nomzodlar diqqatiga!
Ishga qabul qilish jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etiladi. Shu sababli har bir suhbat jarayoni videotasmaga tushiriladi va fotolavhalar arxiv qilinadi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati