2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Toshkent shahridagi 35 kVli elektr qurilmasida yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etildi
  • 06.01.2026
  • 23

Bugun soat 16:10 da Toshkent shahridagi 35 kVli elektr qurilmasida nosozlik yuzaga kelgani sababli 35/10/6 kVli “DOZ” podstansiyasi orqali elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar kuzatilmoqda.

Natijada, Yakkasaroy va Mirobod tumanlari hududidagi ayrim MFYlar hamda aholi yashash xonadonlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgan.

Ayni paytda, “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ hamda “Toshkent shahar MET” filialining  tezkor chiqish brigadalari tomonidan holat to‘liq nazoratga olinib, nosozlikni tezkor bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Vaqtincha yuzaga kelgan noqulayliklar uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz.

Mavjud nosozliklar bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati