

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali tomonidan elektr xo‘jaligi ob’yektlarini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash hamda texnik nosozliklarning oldini olish borasida muhim profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
⚙️ Mutaxassislar tomonidan tizimdagi muhim obyektlarda quyidagi tadbirlar muvaffaqiyatli yakunlandi:
⚡️ 110/35/6 kV kuchlanishli “Olmazor” podstansiyasining “Navbahor” yacheykasida tok transformatorini sinov-tekshirish ishlari bajarildi. Eslatib o‘tamiz, mazkur uskuna tarmoqdagi quvvatni aniq o‘lchash va himoya tizimining ishonchli ishlashini ta’minlaydi.
⚡️ 35/10 kV kuchlanishli “Qizilravot” podstansiyasi qurilmalari teplovizor ko‘rigidan o‘tkazildi. Nazorat ko‘rigi orqali elektr uskunalaridagi qizish nuqtalari masofadan turib aniqlanib, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariyaviy holatlarning oldi olindi.
‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati
http://t.me/uzmetaxborotxizmati
“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling!