2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: Toshkent tumanida joylashgan 35/10 kV kuchlanishli podstansiyasida demontaj-montaj ishlari bajarilmoqda
  • 07.01.2026
  • 29

Kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida “Toshkent magistral elektr tarmoqlari” filiali tasarrufidagi 35/10 kV kuchlanishli “Binokor” podstansiyasida mavjud  4 000 kV quvvatli transformatorda nuqsonlar aniqlangani bois, uning o‘rniga zaxiradagi 4 000 kV quvvatli transformator o‘rnatilmoqda. 

⚙️ Avval xabar berilganidek, ayni paytda 35/10 kV kuchlanishli “Binokor” podstansiyasidan chiquvchi taqsimlovchi tarmoqlar orqali ta’minlangan iste’molchilar elektr ta’minotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. Demontaj va montaj ishlari bugun 17:00 ga qadar davom ettiriladi va iste’molchilar elektr ta’minoti to’liq tilklanadi.

⚡️  Iste’molchilardan yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «TOSHKENT SHAHAR MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI

kanaliga a’zo bo’ling! 

http://t.me/Toshkent_shaharMET_Axborot