2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
XORAZM VILOYATI: Tungi nazorat ko‘riklari davom ettirilmoqda
  • 07.01.2026
  • 40

“Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali direktori R.Radjapov tomonidan 220/110/10 kV kuchlanishli "Xorazm" va 110/10 kV kuchlanishli "Suvchi" podstansiyalarida tungi ko‘rik ishlari amalga oshirildi.

⇒ Nazorat ko‘rik davomida elektr uskunalarining texnik holati, yuklama darajasi hamda xavfsiz ishlash ko‘rsatkichlari ko‘zdan kechirildi. Zarur bo‘lgan joylarda tegishli ko‘rsatmalar berildi. Navbatchi brigadalarning favqulodda holatlarga shayligi sinovdan o‘tkazildi.

Ushbu tadbirlar elektr ta’minotining barqarorligi va uzluksizligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, nazorat ishlari rejali ravishda davom ettirilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖ 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ “Xorazm magistral elektr tarmoqlari” filiali 

http://t.me/XorazmMET_Axborot