2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
L-Qorovulbozor elektr uzatish tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etilib, “Zarbuloq” podstansiyasiga kuchlanish berildi
  • 09.01.2026
  • 26

Bugun soat 05;38 da Qashqadaryo viloyatidagi "Muborak" podstansiyasidan chiquvchi L-Qorovulbozor elektr uzatish tarmog‘i himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chgan edi. Tarmoq EUHT SANEG korxonasi tassarufida. Natijada 35 kV kuchlanishli "Zarbuloq" podstansiyasi kuchlanishsiz qolgandi. 

Isteʼmolchilar: Muborak tumanining ayrim hududlari aholisi.

Hozirda navbatchi brigadalar tomonidan nosozlik sabablarini aniqlash va bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Tez fursatda elektr ta’minoti tiklanadi.

Sodir bo‘lgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

“Muborak” podstansiyasidan chiquvchi L-Qorovulbozor elektr uzatish tarmog‘idagi nosozliklar bartaraf etilib, “Zarbuloq” podstansiyasiga kuchlanish berildi

Avval xabar berganimizdek, bugun “L-Qorovulbozor” liniyasida himoya tizimidan ishlashi oqibatida favqulodda o‘chgan edi. Markur tarmoq EUHT SANEG korxonasi tassarufida. Natijada 35 kV kuchlanishli “Zarbuloq” podstansiyasi kuchlanishsiz qolgandi.

Bugun soat 09:42 da “Zarbuloq” podstansiyasining  kuchlanish berilib, aholi isteʼmolchilari elektr taʼminoti to‘liq tiklandi. 

Yuzaga kelgan holat uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati