
Bugun, soat 16:35 da Surxondaryo viloyatidagi 35/10 kV kuchlanishli “Xazarbog‘-2” hamda 35/10 kV kuchlanishli “Oybarak" podstansiyalaridagi qurilmalarda aniqlangan kichik nosozliklarni bartaraf qilish zaruriyati tug‘ilgani sabab ayni paytda taʼmirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Podstansiyalar orqali taʼminlangan isteʼmolchilar (Denov tumanining ayrim hududlari) elektr taʼminoti vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Qisqa vaqtda taʼmirlash ishlari tugatilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklanadi.
Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
Soat 19:28 da isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati