2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Kabel tarmog‘ida aniqlangan nuqson bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi
  • 12.01.2026
  • 9

Bugun, soat 14:35 da Toshkent shahridagi Astronomicheskaya-2 nomli elektr uzatish kabel tarmog‘i aniqlangan nuqsonni bartaraf etish uchun taʼmirga chiqarilgan edi. Natijada Mirzo Ulug‘bek tumanining Oqqo‘rg‘on, Kattadarxon va Yunusobod tumanining Bodomzor mahallarining ayrim isteʼmolchilari elektr taʼminotida qisqa muddatli uzilishlar kuzatildi.  

Ayni paytda isteʼmolchilarni boshqa manbalar orqali taʼminlash choralari ko‘rilmoqda. Kabel tarmog‘ida aniqlangan nuqson tez fursatda bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklanadi.

Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan  noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

Toshkent shahridagi Astronomicheskaya-2 kabel tarmog‘ida aniqlangan nuqson bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.

Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan  noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati