2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
Trigeneratsiya — O‘zbekiston energetikasi uchun yangi bosqich
  • 15.01.2026
  • 19

O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari quvvatlarining energetika tizimida ulushi oshayotgan bir paytda, trigeneratsiya stansiyasi loyihasi ham allaqachon boshlangan

Yangi Toshkent hududida mamlakatimizda birinchi trigeneratsiya stansiyasi loyihasi amalga oshirilmoqda. Hozirgi paytda Yangi Toshkentda aynan shu texnologiyaga asoslangan stansiyaning asosiy bino va inshootlarining qurilishi jadal ketmoqda. Loyiha doirasida talab etiladigan asosiy asbob-uskunalar xalqaro energiya samaradorlik talablariga toʻla mos keladi.

Birinchi bosqichda issiqlik uchun 75 MW, sovitish tizimi uchun esa 100 MW quvvat yaratiladi. Shu bilan birga, 17 MW miqdorda qoʻshimcha elektr energiyasi ham ishlab chiqariladi.

Trigeneratsiya – bu bitta yoqilg‘i manbasi (odatda gaz) hisobiga uch xil energiya ishlab chiqarish tizimi hisoblanadi:
♦ Elektr energiyasi
♦ Issiqlik energiyasi
♦ Sovutish (sovuq) energiyasi

❗️Quyidagi ijobiy jihatlarni ko‘rish mumkin:

✅ Energiya samaradorligi ortadi 
Trigeneratsiya – bugungi kunda bir vaqtning o‘zida elektr, issiqlik va sovutish ishlab chiqaradigan eng energiya samarali texnologiyalardan biri hisoblanadi. Umuman olganda:
▶️ An’anaviy alohida tizimlarga nisbatan yoqilg‘i sarfi sezilarli darajada kamayadi,
▶️ Energiyani bir marta foydalanuvchi o‘rniga bir necha xizmatga yo‘naltiradi. 

✅ Tizim samaradorligini oshirish va energiya resurslarini tejash
Trigeneratsiya tizimi bir qurilmada bir necha turdagi energiya hosil qiladi — bu yoqilg‘i (gaz) samaradorligini oshiradi. Natijada:
▶️ Yo‘qotishlar kamayadi,
▶️ Ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi,
▶️ Karbonat angidrid (CO₂) chiqindilari kamayadi (atrof-muhitga kam zarar). 

✅ Barqaror energiya ta’minoti
Bir tizimda bir nechta energiya mahsulotini olish energiya ta’minotini ko‘proq barqaror qiladi. Bu juda muhim, masalan:
▶️ isitishda qishda,
▶️ sovutishda yozda,
▶️ elektr tarmoqlarida yuklama maximal qiymatga yetganda.

✅ Samaradorlik
▶️ An’anaviy elektr stansiya: 35–45 %;
▶️ Kogeneratsiya (elektr + issiqlik): 75–85 %;
▶️ Trigeneratsiya: 85–95 % gacha.

≈ Dunyo tajribasida trigeneratsiya:
≈ Germaniyada – shifoxonalar va sanoat zonalarida;
≈ Yaponiyada – energiya xavfsizligi uchun;
≈ AQSH – kampuslar va aeroportlarda;
≈ Xitoyda – yangi shaharlar va sanoat zonalarida qo‘llanilgan.

Internet ma'lumotlaridan foydalanib tayyorlandi.

✍️ Ravshanjon Yoqubjonov, Elektr tarmoqlarini innovatsion rivojlantirish boshqarmasi bosh mutaxassisi

 ✔️ Kanalga obuna bo‘lish uchun: 
VIDEODARSLAR VA TEST-SINOV MASHG‘ULOTLARI-uzbekistonmet.uz 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati