2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: L-Tong elektr uzatish havo tarmog‘idagi barcha isteʼmolchilar uchun elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 15.01.2026
  • 7

Bugun soat 19:50 da Surxondaryo viloyatida L-Tong elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi.

Natijada Surxondaryo viloyatining Muzrabot va Sherobod tumanlarining ayrim hududlari isteʼmolchilari  elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Isteʼmolchilar boshqa manbadan taʼminlanish choralari ko‘rilmoqda. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

⚡️ MAʼLUMOT

Soat 20:54 da L-Tong elektr uzatish havo tarmog‘idagi barcha isteʼmolchilar uchun elektr taʼminoti to‘liq tiklandi. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz. 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati