2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SURXONDARYO VILOYATI: Isteʼmolchilar elektr taʼminoti boshqa manbaga o‘tkazildi, taqsimlovchi tarmoqlarga kuchlanish berildi
  • 16.01.2026
  • 16

Bugun soat 14:30 da Surxondaryo viloyatida 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi.

Natijada Surxondaryo viloyati, Uzun tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda. 

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Isteʼmolchilarni boshqa manbalar orqali taʼminlash choralari ko‘rilmoqda. 

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 14:59 da 110 kV kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘i orqali taʼminlangan isteʼmolchilar elektr taʼminoti boshqa manbaga o‘tkazildi, taqsimlovchi tarmoqlarga kuchlanish berildi.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati