2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
BOSH PROKURATURA: Energiya tejamkor hamda qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarining afzalliklari haqida ko‘rgazmali seminar tashkil etildi
  • 16.01.2026
  • 7

Bosh prokuror o‘rinbosari S.Samadov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Samarqand viloyatida qish mavsumini betalofat o‘tkazish, energiya samaradorligini oshirish, to‘lov intizomiga rioya etilishi borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganishlar davom ettirilmoqda.

O‘rganish davomida, Urgut, Toyloq va Samarqand tumanlarida tabiiy gaz va elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli qarzdor isteʼmolchilar ishtirokida tanqidiy muhokama qilindi va masʼullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. 

Shuningdek, Urgut tumanida qish mavsumida isteʼmolchilarni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash, energiya tejamkor hamda qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarining afzalliklari borasida mutasaddi tashkilotlar, mahalla yettiligi hamda 500 dan ortiq tadbirkor va fuqarolar  ishtirokida ko‘rgazmali amaliy seminar tashkil etildi.

Manba 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati