2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
TOSHKENT VILOYATI: “Xaskova” podstansiyasidagi nosozlik bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi
  • 17.01.2026
  • 10

Bugun soat 05:15 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Xaskova” podstansiyasidagi T-1 transformatori himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chgan edi.  

Natijada Zangiota tumanining ayrim hududlaridagi isteʼmolchilar (9 MVt) elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.  Isteʼmolchilarga boshqa tarmoqlar orqali kuchlanish berish choralari ham ko‘rilmoqda.

Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

Soat 07:35 da “Xaskova” podstansiyasining T-1 transformatoriga kuchlanish berildi. Isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.

Yuzaga kelgan holat uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati