2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda doimiy nazorat ko‘riklari olib borilmoqda
  • 18.01.2026
  • 23

⚡️ “O‘zbekiston MET” aksiyadorlik jamiyati tasarrufidagi magistral elektr tarmoqlari filiallarida avariyaviy holatlarning oldini olish va ularni tezkor bartaraf etish maqsadida tunu kun faoliyat yurituvchi navbatchi guruhlar tomonidan yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlari hamda podstansiyalarda navbatdan tashqari nazorat ko‘riklari o‘tkazilmoqda.

Xususan, “Samarqand magistral elektr tarmoqlari” filiali tarkibidagi “So‘g‘diyona”, “Samarqand”, “Cho‘pon-Ota”, “Ishtixon”, “Kattaqo‘rg‘on” va “Suvli” podstansiyalarida yuqori kuchlanishli transformatorlarning yuklamasi, moy sathi va tarkibi, shuningdek, himoya tizimlarining ish holati tekshirildi.

Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan holatlar belgilangan tartibda qayd etilib, har soatda Situatsion tahlil boshqarmasi hamda Tizim xizmatlari bosh boshqarmalariga ma’lumot qilib borilmoqda. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot