2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Kelib tushgan murojaatlar
Murojaatchi: «Aksiyadorlik jamiyati javob xatida texnik talablarga rioya qilgan holda daraxt ekish mumkinligi yozilgan...»
  • 11.12.2025
  • 29

Murojaat egasi: N.Mamataxunov, Toshkent shahri, ................ tumani, ........... MFY, .......... 6-tor ko‘chasi, .........uyda istiqomat qiluvchi fuqaro.

Murojaat mazmuni: 220 kV L-2-K-1 elektr uzatish tarmog‘i atrofidagi hududdan noqonuniy foydalanish va qurilish tashabbuslari bo‘yicha xavfsizlik xulosalarini taqdim etish to‘g‘risida:

Hurmatli Bosh direktor! “Qizg‘aldoq” MFY fuqarolari tomonidan 2023-yil 19-dekabrda Sizga yuborilgan 178647-r/23-raqamli murojaatga ko‘ra, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan 01-02-18/5209-sonli rasmiy javob xati berilgan. Shunga ko‘ra, mahalla fuqarolari 2023–2025-yillarda bu huddudga “yashil makon” g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 3000+ dona manzarali va mevali daraxtlar ekdi.

Mazkur javob xatida 220 kV L-2-K-1 tarmog‘ining 48–52-tayanchlari oralig‘ida texnik talablarga rioya qilgan holda daraxt ekish mumkinligi, ammo uy-joy qurilishi, kapitallashgan obyektlar barpo etish, o‘zgalar tomonidan to‘siqlar o‘rnatish qatʼiyan taqiqlanishi qayd etilgan edi.

Shunga qaramay, 2025-yil 27–28-noyabr kunlari “MODEREN GREEN SERVISE” MCHJ vakillari mazkur hududga o‘zlarini yer egasi sifatida ko‘rsatib, daraxtzorni olib tashlash va uy-joy qurilishi rejalari haqida maʼlumotlar berdi.

Murojaatga javob: Hurmatli Toshkent shahri, ................ tumani, ............. MFY, .............. 6-tor ko‘chasi, ...........uyda istiqomat qiluvchi fuqaro N.Mamataxunov, Sizning murojaatingiz PM-87-raqami bilan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga Veb-sayt orqali kelib tushgan murojaat, 204409-s/25-sonli, 03.12.2025) qayd etilib, ijro uchun tegishli boshqarmalarga yo‘naltirildi.

Rasmiy javob xati va uning mazmuni quyidagicha:

2025-yil 2-3-dekabrdagi 203890-s/25-sonli hamda 204409-s/25-sonli murojaatlar yuzasidan

2025-yil 2 va 3 dekabrdagi 203890-s/25-sonli hamda 204409-s/25-sonli murojaatlar yuzasidan

Murojaatda keltirilgan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2023-yil 19-dekabrdagi 01-02-18/5209-sonli xati fuqarolardan tushgan murojaatga javoban “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida” 2017-yil 11-sentyabrdagi O‘RQ-445-son O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablariga rioya qilgan holda shakllantirilib, yuborilgan.

Mazkur xatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-dekabrdagi 1050-son qarori bilan tasdiqlangan “Elektr tarmog‘i xo‘jaligi obyektlarini muhofaza qilish qoidalari” hamda amaldagi “Elektr qurilmalining tuzilishi qoidalari”ga muvofiq mavjud tarmoqlar muhofaza maydonidagi yerdan foydalanish tartibiga oid normalardan ko‘chirmalar keltirilgan bo‘lib, ular yerga bo‘lgan egalik huquqini belgilamaydi.

Elektr qurilmalarining barqaror ishlashiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan omillar esa bizning vakolatimiz doirasida ekspluatatsiya jarayonida bartaraf etiladi. Vakolatimizdan tashqaridagi masalalar bo‘yicha mahalliy hokimiyat yoki huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilinadi va tegishli choralar belgilanadi.

Mavjud yerlarning qaysi bir shaklda biriktirilishi yuzasidan yerdan foydalanish huquqini belgilovchi vakolatli tashkilotga murojaat etilishi maqsadga muvofiq.

 

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati

https://t.me/uzmetaxborotxizmati