
Bugun soat 21:36 da Surxondaryo viloyatida 110 kV L-Angor elektr uzatish tarmog‘i favqulodda o‘chdi.
Natijada Surxondaryo viloyati Angot tumanining ayrim hududlari isteʼmolchilari elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni paytda maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.
Isteʼmolchilar boshqa manbadan taʼminlanish choralari ko‘rilmoqda.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 01-08 vaqt bilan barcha isteʼmolchilarga to‘liq kuchlanish berildi.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati