2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
NAMANGAN VILOYATI: Navbatdagi profilaktika va sinov ishlari “Qizilravot” podstansiyasida o‘tkazildi
  • 22.01.2026
  • 32

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali mutaxassislari tomonidan Namangan viloyati iqtisodiy sektori uchun muhim energetika obyektlaridan biri bo‘lgan 220/110/10 kV kuchlanishli “Qizilravot” podstansiyasida reja asosida navbatdagi profilaktika va sinov ishlari muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

⚙️ Texnik tadbirlar jarayonida OV-110 kV bo‘limidagi elegazli o‘chirgich hamda tok transformatorida kompleks ko‘rik, diagnostika va sinov ishlari olib borildi. Bu orqali uskunalarning texnik holati chuqur tahlil qilinib, ularning ishonchli va xavfsiz ishlashi ta’minlandi.

Mazkur ishlar natijasida elektr tarmoqlarining barqarorligi oshirildi, ehtimoliy nosozlik va avariya holatlarining oldi olindi, hamda hudud iste’molchilarini sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsad qilingan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

“Namangan magistral elektr tarmoqlari” filiali kanaliga obuna bo‘ling! 

https://t.me/NamanganMET_Axborot