
Bugun 35/10 kV kuchlanishli “Tog‘chiyon” podstansiyasida T-1 transformatorida paydo bo‘lgan nosozlik tufayli Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanining ayrim hududlaridagi isteʼmolchilar elektr taʼminotida vaqtincha uzilishlar kuzatilgan edi.
Maxsus brigada tomonidan sodir bo‘lgan nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilib, hozirda isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
Soat 11:58 da “Tog‘chiyon” podstansiyasidagi T-1 transformatoriga kuchlanish berildi.
Ayni paytda 10 kV kuchlanishli taqsimlash tarmoqlariga navbatma-navbat kuchlanish berilmoqda.
35/10 kV kuchlanishli “Tog‘chiyon” podstansiyasidan chiquvchi 10 kV kuchlanishli barcha taqsimlash tarmoqlariga kuchlanish berilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Keltirilgan noqulayliklar uchun isteʼmolchilardan uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati