2019–2024-yillardagi maʼlumotlar ushbu havolada    arxiv.uzbekistonmet.uz
Yangiliklar
SAMARQAND VILOYATI: Yuqori kuchlanishli podstansiyalarda profilaktik tadbirlar olib borilmoqda
  • 22.01.2026
  • 21

Samarqand viloyatidagi sovuq ob-havo sharoiti sababli elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida Filial tasarrufidagi podstansiyalarda qorni tozalash, texnik ko‘rik va nazorat ishlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda.

Jumladan, podstansiya hududlari, ochiq taqsimlovchi qurilmalar, transformatorlar va elektr uskunalari atrofida qor va muz qatlamlari tozalanib, uskunalarning ish holati batafsil ko‘zdan kechirilmoqda.

Bajarilayotgan tadbirlar ob-havo sharoitida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozlik va avariyaviy holatlarning oldini olish, shuningdek elektr tarmoqlarining ishonchli va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan. 

‖ Facebook ‖ Instagram ‖ YouTube ‖

«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati 

http://t.me/uzmetaxborotxizmati 

❗️ «SAMARQAND MAGISTRAL ELEKTR TARMOQLARI» FILIALI 

https://t.me/SamarqandMET_Axborot