
Bugun soat 10:53 da “Botanika” podstansiyasidagi T-1 transformatori himoya tizimi ishlashi oqibatida favqulodda o‘chgan edi.
Ayni paytda T-1 transformatorining yuklamasi T-2 ga o‘tkazilgan va aksariyat isteʼmolchilar elektr taʼminoti tiklangan.
6 kV kuchlanishli qurilma taʼmirlash jarayonida. Natijada Mirzo Ulug‘bek hamda Yunusobod tumanining ayrim hududlaridagi isteʼmolchilar elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Nosozlik tez fursatda bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklanadi.
Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
“Botanika” podstansiyasidagi barcha nosozliklar bartaraf etilib, isteʼmolchilar elektr taʼminoti to‘liq tiklandi.
Isteʼmolchilardan yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.
«O‘zbekiston MET» AJ Axborot xizmati